Şu yil 10 avgust kuni Kun.uz saytida «Andijon şahar SEOM xodimlariga bir neça oydan beri mukofot puli berilmayapti. Moliya bölimi nimani kutmoqda?» nomli maqola e'lon qilinib, unda Andijon şahar SEOM bakteriologik laboratoriyasining koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş boşlangan ilk kundan boşlab eng oldingi safda işlab kelayotgan 3 nafar vraç va 7 nafar laboranti şu kungaça maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovini olmagani, ularga uşbu maxsus tölov tölanişini hal etiş viloyat moliya boşqarmasiga boğliq bölib turgani aytilgan edi.
Andijon şahar SEOM xodimlarining aytişiça, ular infeksiya öçoqlaridan test tahlillari olişga jalb qilingan, ya'ni koronavirus infeksiyasiga şubha qilingan, kasallangan şaxslardan laborator namunalarni oliş bilan şuğullanişgan. Lekin, şunga qaramay, ularga maxsus tölovlar tölanmay kelgan.
Köp ötmay, Andijon viloyat hokimi örinbosari va boşqa mutasaddilar SEOM xodimlari bilan uçraşgan bölsa-da, masala va muammo töliq yeçim topmagan.
Xöş, Andijon şahar SEOMning tahririyatga murojaat yöllagan xodimlari prezident qarori bilan va'da qilingan maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovni olişga haqlimi?
Ma'lumki, 2020 yil 26 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşişga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar tögrisida»gi PQ-4652-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan, zararlangan bemorlar joylaştirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi belgilangan edi.
Şuningdek, uşbu qarorda maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi (soliqlardan taşqari) quyidagi miqdorlarda tölanişi belgilangan:
- vraç xodimlarga, vraç-laborantlarga — 25 million söm;
- örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga — 15 million söm;

















