Jahon | 19:44 / 16.08.2020
73508
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusning qanday paydo bo‘lgani haqida yangi ma'lumotlar e'lon qilindi

Yangi koronavirus 2012 yildayoq inson organizmiga moslashib olgan bo‘lishi mumkin. 

Foto: ECOHEALTH ALLIANCE

The Sun nashri virusolog Jonatan Latem va biolog Ellison Uilsonga tayangan holda shu haqdagi ma'lumotlarni keltirdi.

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan viloyatida konchilarni davolagan shifokorning yozuvlarini topishdi. 2 hafta davomida g‘orni ko‘rshapalaklarning axlatidan tozalagan konchilarda COVID-19 xastaligiga xos bo‘lgan alomatlar aniqlangan: pnevmoniya, quruq yo‘tal, mushaklarda og‘riq va yuqori harorat. Bemorlarning o‘pkasi sun'iy shamollatilgan, 6 nafar ishchidan 3 nafari vafot etgan.

Konchilarning tahlillari namunalari Uhandagi laboratoriyaga yuborilgan. U yerda bemorlarning atipik pnevmoniyaga o‘xshash koronavirus bilan xastalangani aniqlangan. 

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, COVID-19 allaqachon inson organizmiga moslashib olgan deb hisoblash uchun asos bor.

So‘nggi oylar davomida yangi koronavirus qanday paydo bo‘lgani haqida ko‘plab taxminlar qilindi. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) infeksiya hali yaxshi o‘rganilmagani va yakuniy xulosalar qilishga erta ekanini ta'kidlamoqda. Olimlar tadqiqotlarni davom ettirishyapti.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirib olganlar soni 21 milliondan oshdi, ularning 770 mingga yaqini vafot etdi.

Mavzuga oid