Jamiyat | 09:23 / 17.08.2020
23669
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - O‘sh yo‘lida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashdi

Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yuk mashinasi va harakatdagi yuk poyezdi ishtirokidagi avariya oqibatlarini bartaraf etishdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, avtohalokat Toshkent - O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 185-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Yuk avtomobili harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid