Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Neksiya» YPX inspektorini urib yubordi
Hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazildi.
Internet tarmog‘ida yo‘l-transport hodisasining videoyozuvi tarqaldi, unda Toshkent shahar IIBB xodimi urib yuborilgani aks etgan.
Poytaxt IIBB ma'lumotiga ko‘ra, 10 avgust kuni taxminan soat 00:46da Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasida 46 yoshli Sh.B. Nexia rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni uddalay olmasdan ikki avtomobilga kelib urilgan.
Ta'kidlanishicha, Nexia shu vaqt YHXB xodimi tomonidan to‘xtatilgan Lacetti rusumli avtomobil hamda yo‘l chetida turgan Matiz rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida Lacetti avtomobili yonida turgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Sh.G‘. hamda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026