Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toyota Tundra»ni noqonuniy olib kirish rejasi amalga oshmadi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi guruhi xodimlari navbatdagi nayrangni fosh etdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan MChJlardan birining nomiga xorijiy davlatdan olib kelingan «Toyota Tundra Edition 1794» rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda yengil avtomashina sifatida qayd etilgan edi.
Biroq o‘rganilish jarayonida ma'lum bo‘ldiki, aslida mazkur avtomashina «pikap», ya'ni yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi ekani aniqlandi.
Uddaburonlarning qing‘ir rejasi fosh bo‘ldi va davlat foydasiga 258,3 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirib olindi.
Holat yuzasidan bojxona surishtiruvi davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026