Turizm qo‘mitasi halol turizm obektlarini tashkil etmoqchi bo‘lgan investorlarga yordam berishga tayyorligini bildirdi
18 avgust kuni AOKAda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda halol turizm mavzusida ham so‘z bor.
«Mamlakatda mahalliy va xorijiy musulmon sayyohlar talablariga javob beradigan dam olish maskanlarini ochish xalqaro tajribada bor. Masalan, Turkiya, Malayziya va Indoneziya mamlakatlarida bu tajriba keng qo‘llaniladi. Bunda nafaqat musulmonlar uchun, balki oilaviy dam oluvchilar, ayollar va erkaklarning alohida dam olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
Bunday talablarni joriy qilish asosan investorlarning biznes rejalari va bozor talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Shuning uchun Bo‘stonliqdagi yoki To‘dako‘ldagi dam olish hududlarida agar investorlar musulmon segmentiga yoki shu sharoitlarni talab qilgan mijozlarga xizmat ko‘rsatishni xohlasa, ochishlari mumkin. Turizm qo‘mitasi Singapurda joylashgan CrescentRating xalqaro tashkiloti bilan bu masala yordam beradi»,― dedi ziyorat turizmi bo‘yicha mutaxassis Saidkamol Xolxo‘jayev.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari Faxriddin Davruqovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistondagi mehmonxonalardan xonalarning kamida 30 foizida musulmonlar uchun qulaylik yaratish talabi qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun, CrescentRating agentligi – jahon halol turizm bozoridagi yirik ekspert-tashkilotlardan sanaladi. Agentlik 2015 yildan boshlab «Jahon musulmon sayyohlari indeksi» (Global Muslim Travel Index) reytingini e'lon qilib keladi. Reytingda 40dan ortiq mezonlar asosida musulmon sayyohlar uchun taklif etiladigan xizmatlar baholanadi.
O‘tgan yilning kuzida «Mastercard» moliya tashkiloti va CrescentRating agentligi tomonidan e'lon qilingan hisobotda O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar o‘ntaligidan joy olgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
20:55 / 02.11.2024