Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qiladi
O‘zbekistonda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalari;
O‘zbekiston Respublikasida aholiga ko‘rsatiladigan maishiy xizmat toifasiga kiruvchi faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, ijrochi o‘z tashkilotining nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste'molchilarga ma'lum qilishi shart. Bunday ma'lumot peshlavhada aks ettirilishi lozim.
Tashkilot faoliyati sanitariya, ta'mirlash ishlari va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatilgan taqdirda, ijrochi to‘xtatish sanasi va o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr haqida iste'molchilarga ma'lum qilishi lozim.
Ijrochi faoliyati litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turi hisoblansa, litsenziya raqami, amal qilish muddati, shuningdek, litsenziyani bergan organ to‘g‘risida iste'molchilarga ma'lum qiladi.
Ijrochi xizmatlar (ishlar) to‘g‘risida iste'molchiga zarur bo‘lgan va ishonchli ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishi lozim, unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (ishlar) ro‘yxati va ko‘rsatish shartlari;
xizmatlar javob berishi lozim bo‘lgan majburiy talablar;
xizmatlarni (ishlarni) ko‘rsatish muddatlari;
xizmatni (ishni) ko‘rsatishi lozim bo‘lgan aniq shaxs to‘g‘risida ma'lumot, agar bunday ma'lumotga xizmat (ish) xarakteridan kelib chiqib zarurat tug‘ilsa;
ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish davri va muddatlarini ko‘zda tutuvchi kafolat muddatlari;
ijrochi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar (ishlar), shuningdek, ishlatilayotgan materiallar, ehtiyot qismlar va yordamchi materiallar (namunada ko‘rsatilgan) narxlari hamda to‘lov tartibi va shakli to‘g‘risida ma'lumotlar;
xizmatlarning (ishlarning) belgilangan talablarga (muvofiqlik sertifikati raqami, uning amal qilish muddati, litsenziyani bergan organ yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami, uning amal qilish muddati, deklaratsiyani qabul qilgan ijrochining nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan organ) muvofiqligini tasdiqlovchi ma'lumotlar.
Ijrochi iste'molchi tanishishi qulay va oson bo‘lgan joyda quyidagi ma'lumotlarni joylashtirishi shart:
mazkur Qoidalarni;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (ishlar) ro‘yxati, narxlari va xizmat ko‘rsatish shartlarini;
xizmatlarning (ishlarning) belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni;
xizmatlar (ishlar) ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma namunalarini;
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hamda uning hududiy tuzilmasining manzillari va telefon raqamlarini.
Ma'lumotlar davlat tilida hamda qo‘shimcha ravishda ijrochining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda bayon etilishi mumkin.
Xizmatlarni (ishlarni) ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma yozma ravishda (to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida kvitansiyani rasmiylashtirishga ruxsat beriladi) rasmiylashtiriladi va quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi shart:
ijrochi-tashkilot (yakka tartibdagi tadbirkor uchun – familiya, ismi, sharifi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida ma'lumot) yuridik nomi va manzili;
xizmat (ish) turi;
xizmat (ish) narxi;
agar xizmat (ish) ijrochi yoki iste'molchi materiallaridan bajarilayotgan bo‘lsa materiallar aniq nomi, tavsifi va narxi;
shartnomani rasmiylashtirishda iste'molchi tomonidan xizmat (ish) uchun to‘lov to‘liq yoki qisman amalga oshirilganligi to‘g‘risida belgi;
buyurtmani qabul qilish va bajarish sanasi;
ish natijalariga kafolat muddatlari, agar bu amaldagi qonun hujjatlarida yoki shartnomada yoxud ish muomalasi odatlarida belgilangan bo‘lsa;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (ishlar) xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa zaruriy ma'lumotlar;
buyurtmani qabul qilgan mas'ul shaxs FISh va uning imzosi, shuningdek, buyurtmani topshirgan iste'molchi imzosi.
Shartnomaning bir nusxasi ijrochi tomonidan iste'molchiga topshiriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish (ishlarni bajarish) shartnomasi iste'molchi ishtirokida, kassa chekini taqdim etish orqali ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Shartnomaning iste'molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonun hujjatlariga zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste'molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ijrochi tomonidan qoplanishi lozim.
Ijrochi iste'molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Xizmatlarni ko‘rsatish (ishlarni bajarish) shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan buyum, shartnoma yo‘qolgan taqdirda, iste'molchining yozma arizasiga ko‘ra, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etilganda beriladi.
Iste'molchi shartnomada ko‘rsatilgan muddatda va tartibda ijrochi ko‘rsatgan xizmat uchun to‘lovni amalga oshirishi shart. Ijrochi tomonidan ish to‘liq topshirilgandan so‘ng iste'molchi bajarilgan ish uchun to‘lovni amalga oshirishi shart. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnomani rasmiylashtirishda xizmat (ish) uchun to‘lov to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ijrochi xizmatlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida ham ko‘rsatishi mumkin.
Xizmatlar (ishlar) narxi shartnomada tomonlar kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ijrochi iste'molchining roziligisiz haq evaziga bajariladigan qo‘shimcha xizmatlarni (ishlarni) amalga oshirishga haqli emas. Bu talab buzilgan taqdirda, iste'molchi tegishli xizmatga (ishga) haq to‘lashdan bosh tortishga, to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa – ijrochidan to‘langan mablag‘ qaytarilishini talab qilishga haqli.
Ijrochining materiallari uchun haq, shartnomaga muvofiq, to‘liq yoki qisman to‘lanishi mumkin, bunda iste'molchi tomonidan bajarilgan ishni qabul qilib olishda yakuniy hisob-kitob qilinadi.
Shartnomaga muvofiq, materiallar ijrochi tomonidan kreditga, shu jumladan, iste'molchi tomonidan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan taqdim etilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025