O‘zbekiston | 23:59 / 19.08.2020
38079
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda jami holatlar soni 37 mingdan oshdi, 33 mingga yaqin bemor tuzalgan

O‘zbekistonda 19 avgust kuni 594ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 36 mingdan oshdi. Bugun shuningdek, 721 bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 19 avgust kuni mamlakatimizda 594 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 537 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, qolgan 57 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun respublikaning 8 hududida yangi holatlar aniqlandi va jami holatlar soni 37 ming 112taga yetdi. Qatorasiga beshinchi kun kunlik kasallanish holatlari soni 600dan past bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+594)

  • Toshkent viloyati O‘rtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida 57 holat;

Tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida 359 holat;
  • Toshkent viloyatida 128 holat;
  • Samarqand viloyatida 32 holat;
  • Namangan viloyatida 6 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 3 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 holat;
  • Navoiy viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+721)
Bugun respublikaning 11 hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 721 nafari sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 32 ming 994 nafarga (88 foiz) yetdi. 

  • Toshkent shahrida 424 nafar;
  • Toshkent viloyatida 142 nafar;
  • Samarqand viloyatida 79 nafar;
  • Namangan viloyatida 25 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 15 nafar;
  • Xorazm viloyatida 13 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar;
  • Jizzax viloyatida 5 nafar;
  • Andijon viloyatida 4 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+5)
Bugun Toshkent shahrida 5 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘limlar soni 248taga yetdi.

  • Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. (ayol);
  • Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (erkak);
  • Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli A.X. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 920 nafar bemor davolanmoqda, shundan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid