Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Trampni 170 mingdan ko‘proq amerikalikning koronavirusdan o‘lishida aybladi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama 170 mingdan ko‘proq amerikalikning koronavirusdan vafot etishi uchun javobgarlik amaldagi prezident Donald Tramp zimmasida yotishini aytdi. Obama, shuningdek, Trampning prezidentligini realiti-shouga qiyoslagan.
Sobiq prezident bu haqda AQSh Demokratik partiyasi qurultoyidagi nutqi davomida aytib o‘tgan.
“Donald Tramp bu lavozim uchun hali o‘sib yetmagan, chunki u buni eplay olmaydi. Uning bu lavozimdagi muvaffaqiyatsizliklarining oqibatlari jiddiy bo‘lib, 170 ming amerikalik vafot etdi. Millionlab ish o‘rinlari yo‘qotildi. Eng yomon tomonlarimiz namoyon bo‘ldi, obro‘imiz va qadr-qimmatimiz butun dunyoda kuchli jabr ko‘rdi, demokratik institutlarimiz esa har qachongidan ko‘ra ko‘proq xavf ostida qoldi”, deb ta'kidlab o‘tgan Obama o‘z nutqida.
Obamaning ta'kidlashicha, amaldagi prezidentga o‘z shaxsiga qiziqishni ushlab turish, hamisha omma e'tiborini tortish muhimroqdir.
“Tramp na ishga qiziqish bildirgan, na o‘z vakolatlaridan o‘zi va do‘stlaridan bo‘lak boshqa kimgadir yordam berish uchun foydalangan”, deb qo‘shimcha qilgan sobiq prezident.
Sobiq prezident noyabrdagi prezident saylovlarida demokratlardan nomzod bo‘ladigan Jo Bayden qo‘llab-quvvatloviga uning afzal tomonlarini sanab o‘tgan va uni “hammadan yaxshi” deb atagan. Uning ta'kidlashicha, Bayden AQShdagi “alg‘ov-dalg‘ov, notinch zamon”ga chek qo‘ya oladi.
“U tufayli men prezident sifatida yaxshiroq bo‘ldim. Unda mamlakatimizni yaxshiroq qilish uchun tajriba va iroda bor”, deb aytgan Obama. Bayden Obama bilan 8 yil vitse-prezident sifatida ishlagan.
O‘z navbatida Tramp Obamaning ushbu nutqiga izoh berib o‘tdi. “Menga avvalgi hayotim juda yoqardi. Men avval bu yerda Obama va Jo Bayden ishlagani uchun shu yerdaman. Agar ular o‘z ishini yaxshi eplay olganda, men bu yerda bo‘lmasdim. Ehtimol, saylovlarda ham ishtirok etmagan bo‘lardim. Obama bu yerda bizga rasvo holatni meros qilib qoldirgan, u tuzgan bitimlar esa ahmoqona bo‘lgan”, deb aytgan Tramp.
AQSh Demokratik partiyasining saylovoldi qurultoyi 17 avgustdan 20 avgustgacha virtual rejimda bo‘lib o‘tmoqda. Delegatlar Jo Baydenni prezident saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqlab bo‘lishdi. Shuningdek, bu vaqt ichida ular partiyaning saylovoldi dasturini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Qurultoyda Barak Obamadan tashqari, AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama, Nyu-York gubernatori Endi Kuomo, Baydenning praymeriz bo‘yicha raqibi, senator Berni Sanders, AQShning sobiq davlat kotibi va birinchi xonimi Xillari Klinton so‘z olgan.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
21:12 / 18.08.2025