Jahon | 18:24 / 20.08.2020
10853
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar koronavirus muzlatilgan yeguliklarda saqlanishini isbotladilar

Foto: 123RF

Singapurlik olimlar koronavirus muzlatilgan yeguliklarda ham kamida uch hafta davomida tirik saqlanib qolishini aniqladilar.

"Tadqiqotlarimiz natijasida SARS-CoV-2 virusi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun standart muzlatishlarda qanchalik saqlanib qolishi o‘rganildi. Xususan tovuq go‘shti, baliq va boshqa turdagi go‘sht mahsulotlarini standart sovutish (-4 daraja) va standart muzlatish (-20 daraja) qo‘llangan holda 21 kun davomida tekshirish koronavirus tirik saqlanib qolishini ko‘rsatdi” – deyiladi xulosada.

Bu tadqiqot oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va yetkazib berish sohasi xodimlariga kasallik yuqish xavfi borligini bildirsa, muzlatilgan mahsulotlar orqali virus tarqalish ehtimoli yuqoriligini ham anglatadi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid