Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda iyul oyida o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli oshishi qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning 7 oyi davomida qayd etilgan o‘lim holatlari statistikasi bo‘yicha ma'lumot berdi, deb yozadi O‘zA.
Foto: Depositphotos
Unga ko‘ra, 2020 yil yanvar-iyul oylarida 92 026 kishi vafot etgan bo‘lsa, iyul oyida ayniqsa ko‘proq o‘lim qayd etilgan.
- Yanvar – 11 136
- Fevral – 13 693
- Mart – 12 633
- Aprel – 11 613
- May – 11 792
- Iyun – 13 790
- Iyul – 17 369
«Joriy yil 6 oy davomida qayd etilgan o‘limlar soni 2019, 2018 yillardagi 6 oy ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq. Jumladan, joriy yilning 6 oyida (yanvar-iyun) 74 657 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, 2018 yilning 6 oyi davomida 75,6 ming, 2019 yilning birinchi yarmida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan», – deyiladi xabarda.
Statistikaga ko‘ra, 2020 yilning 6 oyi davomida oyiga o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi 12,4 ming, 7 oy davomida esa 13,1 mingga teng bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2019 va 2018 yillar mobaynida umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich oyiga 12,9 mingni tashkil etgan.
Mavzuga oid
11:29
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
11:22 / 27.02.2026
O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi ortib bormoqda
18:39 / 25.02.2026
Zominda yo‘qolib qolib, keyin jasadi topilgan 2 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgani aniqlandi
13:21 / 25.02.2026