Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro koinot stansiyasida havoning tashqariga sizib chiqishi qayd etildi
Xalqaro koinot stansiyasida havoning tashqariga sizib chiqishi tufayli butun ekipaj stansiyaning Rossiyaga qarashli segmentidagi “Zvezda” moduliga 3 kunga ko‘chib o‘tadi.
XKS Foto: NASA
Ta'kidlanishicha, XKSning Rossiyaga tegishli segmentida havoning tashqariga sizib chiqayotgani qayd etilgan. Stansiyaning AQShga qarashli segmentida bosim nazorati o‘tkaziladi. Ayni vaqtda ekipaj havo sizib chiqishini cheklash bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Bosim aynan qayerda tushib ketayotganini aniqlash uchun stansiyaning modullari birin-ketin yopib tekshiriladi.
Mutaxassislarning fikricha, sizib chiqishga stansiya korpusiga mikrometeorit yoki fazoviy chiqindi bo‘lagi tegishi olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Stansiyada ayni vaqtda rossiyalik fazogirlar Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner hamda AQSh astronavti Kristofer Kessidi ish olib bormoqda. Ta'kidlanishicha, hozircha ularning hayotiga xavf yo‘q.
XKSda avval shunday holat 2018 yil 30 avgustda qayd qilingan. O‘shanda stansiyada bosim tushib ketgan. Keyinroq bu stansiyaga birikkan “Soyuz MS-09” kemasidagi havo sizishi sababli yuz bergani aniqlangan. Havo kemaning maishiy bo‘lmasidagi teshikdan chiqib ketayotgani aniqlangan va u germetik bilan yopib qo‘yilgan. Bir necha kundan keyin esa Yerdagi mutaxassislar kema korpusi ichki tomondan parmalangani haqidagi to‘xtamga kelishgan. Buning sababi hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
07:50 / 29.10.2025
Hindiston havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy yomg‘irni qo‘llaydi
11:00 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
00:20 / 02.05.2025