Jahon | 17:19 / 20.08.2020
3564
1 daqiqa o‘qiladi

Yong‘inlar qurshovida qolgan Kaliforniyada 3 kunda 11 ming marta yashin zarbasi qayd etildi

Dushanbadan buyon sodir bo‘layotgan chaqmoqlar shtatda 367ta yangi yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Foto: Josh Edelson/AFP via Getty Images

Qariyb 11 ming marta yuz bergan yashin zarbalari o‘rmon yong‘inlari avj olgan Kaliforniyadagi vaziyatni yanada yomonlashtirdi, deb xabar bermoqda ABC News.

 Telekanalning ma'lumot berishicha, dushanbadan buyon sodir bo‘layotgan chaqmoqlar shtatda 367ta yangi yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishiga olib kelgan.

CNN telekanalining xabariga ko‘ra, yong‘in o‘choqlaridan birida o‘t o‘chiruvchi vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida vertolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.

Telekanalning qayd etishicha, Azus shahri yaqinida o‘t qo‘yib yong‘inlarga sababchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid