O‘zbekiston | 08:23 / 21.08.2020
3693
2 daqiqa o‘qiladi

«Issiqlik elektr stansiyalari» korxonalarining foydalanilmayotgan obektlari konservatsiya qilinadi

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning obektlaridan oqilona foydalanish, ularni saqlash xarajatlarini optimallashtirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash mo‘ljallanmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarining foydalanilmayotgan obektlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning “Taxiatosh IES” AJ, “Talimarjon IES” AJ va “Sirdaryo IES” AJning foydalanilmayotgan obektlarini o‘rnatilgan tartibda 24 oy muddatga konservatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

“Taxiatosh IES” AJ, “Talimarjon IES” AJ va “Sirdaryo IES” AJning o‘rnatilgan tartibda 24 oy muddatga konservatsiya qilinadigan foydalanilmayotgan obektlari
RO‘YXATI

 

“Taxiatosh IES” AJ, “Talimarjon IES” AJ, “Sirdaryo IES” AJning vaqtincha foydalanilmayotgan obektlarini konservatsiya qilish va saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 sentyabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq tegishli tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ma'lumot uchun qabul qilinadi.

Belgilanishicha:

konservatsiya qilingan obektlarni muhofaza qilish choralari “Sirdaryo IES” AJ, “Talimarjon IES” AJ va “Taxiatosh IES” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

obektlarni konservatsiya qilish elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar konservatsiya qilingan obektlardan samarali foydalanish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid