Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasb-hunar maktablariga qabul 30 avgustgacha davom etadi – XTV
9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz onlayn platformasi orqali qabul qilinmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoniga muvofiq 61 ta kasb-hunar maktabiga qabul davom etmoqda. 30 avgustgacha (shu kuni ham) umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari onlayn ravishda qabul qilinadi.
Shuningdek, 11-sinf bitiruvchilariga qulaylik yaratish maqsadida 2020-2021 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga 2020 yil 25 avgustdan 25 sentyabrga qadar (25 sentabr kuni ham) abituriyentlarning hujjatlarini onlayn qabul qilish rejalashtirilgan.
Professional ta'lim muassasalarida tashkil etilgan qabul jarayonlari bo‘yicha fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida 71-246-11-92 raqamli Call-markaz tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, kollejlarga umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi va o‘qish 2 yilgacha bo‘lgan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikumlar oliy ta'lim muassasalari huzurida tashkil etilgan bo‘lib, ularga ham umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. O‘qish 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:33 / 21.06.2026
OTMlarga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 432 805 nafardan oshdi
08:53 / 08.06.2026
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
08:57 / 05.06.2026
Abituriyentlar qabuli boshlandi
08:39 / 01.06.2026