Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada sun'iy orollarda ekoshahar barpo etiladi (video)
BIG va Hijjas arxitektura byurolari va Ramboll konsalting kompaniyasi Malayziyaning Penang shtatida ekoshahar barpo etish bo‘yicha tanlovni yutib chiqdi. Ekoshahar 1,8 ming gektar maydonda quriladi.
Tanlov g‘olibi - BiodiverCity deb nomlangan loyiha uchta sun'iy orollar guruhida “yashil” shahar barpo etishni ko‘zda tutadi. 1,8 ming gektar maydonda bog‘lar, konferens-markazlar, turar-joy binolari, sohilbo‘ylari, plyajlar, texnoparklar barpo etiladi. Loyiha mualliflari ekologik jihatlar va bioturfalikka urg‘u berganlar.
Loyihaga ko‘ra, 1-bosqichda texnopark va to‘lqinli basseyn quriladi. Keyingi bosqich ma'muriy binolar va ilmiy-tadqiqot binolari qurilishini o‘z ichiga oladi. 3-bosqichda “madaniyat sohili” deb nomlangan obekt barpo etiladi. Shahar markazi 200 gektar maydonga ega raqamli bog‘dan tashkil topadi.



Yanvarda Toyota kompaniyasi kelajak texnologiyalarini sinashga imkon beruvchi “aqlli” shahar prototipini qurish rejasini e'lon qilgan. Woven City deb nomlanadigan shahar Xonsyu orolida, Fudziyama tog‘i etagida quriladi. Maydoni 70 gektardan ko‘proqni tashkil qiluvchi shahar qurilishini 2021 yilda boshlash rejalashtirilgan. Toyota ushbu loyihani bir qator hamkorlari bilan amalga oshiradi.



Shahar aholisi dastlab 2 ming kishini (asosan Toyota xodimlari va ularning oila a'zolari) tashkil qiladi. Biroq keyinroq aholi ko‘paytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026