Limmo-lim qadahga tökilgan sönggi tomçi

Bir neça yildan beri muxolifat iste'fosini talab qilib kelayotgan Keyta teleekranlarda paydo böldi va «qon tökilişini istamagani uçun» iste'foga çiqqanini, parlament va hukumatning esa tarqatib yuborilganini ma'lum qildi.

Ibrohim Boubakar Keyta

Sönggi bir yil davomida mamlakatni yaxşi boşqara olmagani uçun tanqid qilingan Keyta korrupsiya, qarindoşlarini turli lavozimlarga tayinlaş, saylovlarda manipulyatsiya qiliş va iqtisodiy siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uçraşda ayblandi. Malida Keyta boşqaruviga qarşi bölingan muxolifat sönggi uç oy içida mamlakatning eng ilğor rahbarlaridan biri bölgan sobiq Islomiy kengaş raisi Imom Mahmud Dikoning taşabbuslari ostida birlaşdi. Imom Diko rahbarligi ostida iyun va iyul oylarida hukumatga qarşi keng kölamli namoyişlar bölib ötdi. Kamida 11 nafar namoyişçi vafot etdi va 100dan ortiq odam jarohat oldi. Garçi 5 mingdan ortiq fransuz askarlari, G5 Sohil kuçi va 10 mingdan ortiq xodimga ega BMT missiyasi mavjudligiga qaramay, xavfsizlik muammolarining kuçayişi Keyta ma'muriyatini larzaga keltirdi.

Malidagi siyosiy inqiroz na prezident Keyta tomonidan boş vazirning vaqtinça iste'foga çiqarilişi, na saylovlar yakunidagi qarorlari bilan tanqid ostida qolgan Konstitutsiyaviy sudning tarqatilişi, na Gana, Senegal va Nigeriya prezidentlarining sa'y-harakatlari bilan barham topdi, aksinça, vaziyat yanada çigallaşdi. Çunki muxolifat Keyta va boş vazir Boubou Sissening lavozimni tark etişini talab qilayotgandi va ularning har ikkisini mamlakatda böhron yuzaga kelişida ayblayotgandi.

Garçi Keyta 2013 yilda hukumat tepasiga kelgaç, Malida nisbatan siyosiy barqarorlikni saqlab kelgani da'vo qilinsa-da, ammo u iqtisodiy vaziyatni yaxşilaş va şimolda davom etayotgan içki nizolarni tugatişga muvaffaq böla olmadi. Juda kam saylovçilar ovozi bilan saylangan Keytaning terroristik taşkilotlar tomonidan öğirlab ketilgan muxolifat yetakçisini qutqarişga intilmagani şundoğam limmo-lim bölib turgan qadahga tökilgan sönggi tomçi böldi.

Pandemiya tufayli Malida köplab odamlar işsiz qoldi va iqtisodiy qiyinçilikda yaşayotgan odamlar yanada qaşşoqlaşdi. Koronavirus epidemiyasi tufayli olingan yordamning qanday işlatilgani va kimga tarqatilgani borasida hukumat poyonida turganini körsatuvçi belgiga aylandi.

Imom Mahmud Diko 19 avgust kuni barça maliliklarni namoyiş ötkazişga çorlar ekan, davlat rahbari va hukumatning işi tamom bölganini iddao qildi. Imom Diko va muxolifat uşbu katta namoyişga tayyorgarlik körayotgan bir paytda harbiylar ertaroq harakat qilişdi va 18 avgust kuni poytaxt Bamakodan 15 km uzoqlikdagi Kati garnizonidan çiqib, töntarişni boşlab yuborişdi.