Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va korxonalarda yangi lavozim joriy etiladi
Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlanishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Prezidentning “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlanishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va korxonalarda innovatsiyalarni joriy qilish masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimini hamda Innovatsiyalarni joriy etish tuzilmalarini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, bunda innovatsiyalarni joriy qilish masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga mas'ul bo‘linmaga nomzodlarni tanlash va tasdiqlash, innovatsiyalarni joriy qilish masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga mas'ul bo‘linmani yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot kiritib borishni ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Bajarish muddatlari - 2020 yil oktabr va 2020 yil dekabr. Mas'ul ijrochilar - Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, tasarrufida ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
17:27 / 29.05.2026
Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:43 / 29.05.2026
Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazildi
11:12 / 26.05.2026