Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST bolalar himoya niqoblari taqishlari kerak bo‘lgan minimal yoshni ma'lum qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarning himoya niqoblari taqishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Ularga ko‘ra, 12 yoshdan katta bolalargagina niqob taqish majburiy hisoblanadi. 5 yoshgacha bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas.
Foto: Getty Images
“5 yoshgacha va undan kichik bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas. Bu bolaning xavfsizligi va manfaatlariga hamda niqobni minimal yordamda tegishlicha qo‘llay olishiga asoslangan”, deyilgan JSST tavsiyasida.
6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarning niqob taqishida bir nechta omillarni hisobga olish lozim: hududda koronavirusning tarqalganligi darajasi, bolalarning niqobdan foydalana olishi hamda niqobning bolaning ta'lim olishi va ruhiy rivojlanishiga ta'siri.
12 yoshdan katta bolalar esa kattalar niqob taqishlari kerak bo‘lgan sharoitlarda niqob taqishlari shart. “Misol uchun, bolalar 1 metrdan kattaroq ijtimoiy masofaga rioya qila olmaganlarida yoki koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda”, deyilgan JSST tavsiyasida.
Mavzuga oid
18:50 / 08.05.2026
JSST hantavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi pastligini ma’lum qildi
14:51 / 22.04.2026
JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda yetakchi deb atadi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
08:10 / 31.03.2026