Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko 25 yil ichida qabul qilgan “eng jiddiy qarori” haqida so‘zladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning g‘arbiy chegaralarida NATO kuchlari faollashgani sababli Belarus qurolli kuchlarini to‘liq jangovar shay holatga keltirdi. Uning ta'kidlashicha, bu “chorak asr davomida u qabul qilgan eng jiddiy qaror” hisoblanadi.
“U [Aleksandr Lukashenko] qurolli kuchlarni to‘liq jangovar shay holatga keltirib va qo‘shinlarni g‘arb yo‘nalishiga tashlab, chorak asr davomida birinchi marta eng jiddiy qarorni qabul qilishiga to‘g‘ri kelganini ta'kidlab o‘tdi”, deb ma'lum qilgan “BelTA” nashri muxbiri.
Lukashenkoning ta'kidlashicha, Belarusning g‘arbiy chegaralarida Polsha va Litva hududlarida NATO qo‘shinlarining “faollashib qolgani” kuzatilmoqda.
Belarusda 9 avgustda prezident saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Unda rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongan. U 80,08 foiz, muxolif nomzod Svetlana Tixanovskaya esa 10,09 foiz ovoz to‘plagan. Saylovlardan keyin respublikada Lukashenkoning qayta saylanishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan va ular hanuzgacha davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026