Daniya harbiy razvedkasi boshlig‘i lavozimidan chetlatildi
Razvedka xizmati ayrim hollarda asoslar mavjud bo‘lsa-da josuslik faoliyati bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmaganlikda hamda mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni noqonuniy yo‘llar bilan to‘plashda ayblanmoqda.

Foto: Picture Alliance
Daniya harbiy razvedkasi (Forsvarets etterretningstjeneste, FE) boshlig‘i Lars Findsen "Razvedka xizmatlari ustidan nazorat" (Tilsynet med Efterretningstjenesterne, TET) organi tomonidan aniqlangan kamchiliklar tufayli lavozimidan chetlatildi. Bu haqda TT agentligi xabar berdi.
TET taqdim etgan hisobotda aytilishicha, harbiy razvedka 2014 yildan boshlab o‘z faoliyati to‘g‘risida to‘liq bo‘lmagan ma'lumot berib kelgan. Razvedka xizmati ayrim hollarda asoslar mavjud bo‘lsa-da josuslik faoliyati bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmagan. Bundan tashqari, harbiy razvedka mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni noqonuniy yo‘llar bilan to‘plashda ayblanmoqda.
Mazkur hisobot o‘tgan yil noyabrda taqdim etilgan ma'lumotlar asosida tayyorlangan. Lars Findsendan tashqari, harbiy razvedkaning yana ikki nafar yuqori lavozimli mulozimi ham ishdan chetlatilgan.
Daniya mudofaa vaziri Trine Bramsen hisobotdagi ma'lumotlarni tekshirish uchun komissiya tayinlanganini ma'lum qildi.
"Hech shubhasiz, biz razvedka xizmatlarimiz o‘z vakolati doirasida faoliyat olib borayotganiga ishonch hosil qilishimiz lozim", - deb yozdi u matbuot uchun bayonotida.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda

09:30 / 29.03.2025