O‘zbekiston | 23:54 / 24.08.2020
54950
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 402ta yangi holat aniqlandi, rasmiy statistikadagi kunlik o‘limlar soni oshdi

O‘zbekistonda 24 avgust kuni 402ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 39 mingdan oshdi. Bugun shuningdek, 564 bemor tuzaldi, 7 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 24 avgust kuni mamlakatimizda 402 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlandi va jami holatlar soni 39 ming 348taga yetdi. 

Qatorasiga to‘rtinchi kun kunlik o‘sish 500dan past bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+402)

  • Toshkent shahrida 262 holat;
  • Toshkent viloyatida 116 holat;
  • Xorazm viloyatida 10 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Navoiy viloyatida 3 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 2 holat.

Tuzalganlar (+564)
Bugun respublikaning 10 hududida jami 564 bemor koronavirusdan sog‘aydi va shu vaqtgacha O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 35 ming 551 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 376 nafar;
  • Toshkent viloyatida 141 nafar;
  • Buxoro viloyatida 11 nafar;
  • Xorazm viloyatida 8 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 5 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+7)
Bugun Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 3 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 280taga yetdi. E'tiborli jihati, pandemiya davrida ilk marta bir kunda 7ta o‘lim holati haqida ma'lum qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi haftalarda har kuni 6tadan o‘lim holati haqida xabar berib kelayotgandi.

  • Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak);
  • O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak);
  • Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak);
  • Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol);
  • Mirobod tumanida yashagan 68 yoshli A.E. (erkak);
  • Chilonzor tumanida yashagan 67 yoshli Z.G. (ayol);
  • Chinoz tumanida yashagan 38 yoshli X.Ya. (ayol) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 517 nafar bemor davolanmoqda, shundan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid