O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari soni 39 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 119 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 39 ming 65taga haqida xabar berdi.
«Yangi kasallanish holatlarining 99 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak) hamda O‘rtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Endilikda rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 275taga yetdi.
23 avgust kuni O‘zbekistonda 414ta yangi holat qayd etilgandi. Mamlakatda so‘nggi uch kunda kunlik o‘sish holatlari soni 500dan kam bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 34 ming 987 nafari sog‘aygan (89 foiz).
Hozirda 3 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023