Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumanidagi aholi videomurojaati bo‘yicha ishlarni 10 kunda yakunlashga va'da berdi
Lokal qozonxona uskunalarini rekonstruksiya qilish uchun 95 mln. so‘m va yangi issiqlik trassasi qurilishi uchun 1015 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumanidagi Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 25, 27, 8, 8a uylarda yashovchi aholi videomurojaati yuzasidan izoh berdi. Murojaatda issiqlik ta'minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, murojaat chiqishidan avval mazkur turar-joy uylari “O‘zdonmahsulot” AJga tegishli qozonxonadagi issiqlik energiyasi bilan ta'minlangan edi. “O‘zdonmahsulot” AJ texnologik jarayonlari ta'mirlanganligi bois, ushbu uylarda issiqlik ta'minoti to‘xtatildi.
Vujudga kelgan vaziyatni hal qilish uchun Toshkent shahar hokimligi va “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan yangi issiqlik trassasini qurish va ushbu uylarni “Aviashaharcha-22” lokal qozonxonasiga ulash bo‘yicha ishlar boshlandi.
“Yuqorida ko‘rsatilgan uylarning qozonxonaga ulanishi “Aviashaharcha-22” qozonxonasiga ulangan turar-joylarning issiqlik ta'minotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi uchun lokal qozonxona uskunalarining quvvatini oshirish ishlari olib borilmoqda va uzunligi 384 p/m bo‘lgan yangi issiqlik trassasi qurilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, lokal qozonxona uskunalarini rekonstruksiya qilish uchun 95 mln. so‘m va yangi issiqlik trassasi qurilishi uchun 1015 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ishlar 24 avgust kuni boshlanib, 10 kun ichida yakunlanadi.
Mavzuga oid
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
13:24 / 23.03.2026