O‘zbekiston | 13:25 / 25.08.2020
9257
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspress test tahlili va u kimlarda o‘tkazilishi haqida ma'lumot berildi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Rustam Ikromov ishtirokida “Koronavirus pandemiyasi vaqtida ko‘rilayotgan choralar”ga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Foto: iStock

Unda ekspress test tahlili, uning tartibi, kimlarda o‘tkazilishi haqidagi savolga javob berildi

“Immunoglobulin M va G sinfiga kiruvchi antitanalar tezkor testlar, ya'ni, sezgirligi 85 foizdan, spetsifikligi esa 95 foizdan kam bo‘lmagan ochiq va yopiq tipdagi immunoferment tahlili to‘plamlari bilan aniqlanadi.

Bunda M sinfiga kiruvchi antitanalar yoki COVID-19'ga qarshi yig‘indi antitanalar ijobiy bo‘lgan barcha bemorlar to‘g‘risida shoshilinch xabar Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik markaziga beriladi va ular qo‘shimcha ravishda COVID-19'ga PZR tahlilida tekshiriladi. PZR tahlilining javobi ma'lum bo‘lguncha tekshirilgan shaxslar uy karantinida bo‘lishadi. 

PZR tahlili manfiy, lekin G sinfiga kiruvchi antitanalar yoki COVID-19'ga qarshi yig‘indi antitanalar tekshirish natijasi ijobiy bo‘lgan shaxslarda immunitet paydo bo‘lgan va COVID-19'dan himoyalangan deb hisoblanadi. 

PZR tahlili javobi ijobiy bo‘lganda tekshiriluvchi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan deb hisoblanadi va kasallik kechishi darajasiga qarab davolanishga yuboriladi”, - dedi Rustam Ikromov.
 
Bundan tashqari, Germaniya va Rossiya davlatlaridan kelgan mutaxassislarning yurtimizdagi hamkorligi nimalardan iborat ekani haqida ma'lumot berildi.

“Germaniyaning “Robert Kox” instituti mutaxassislari va Rossiya davlatining “Rospotrebnadzor” tizimi mutaxassislari ayni kunlarda yurtimizda bo‘lib turishibdi. Ularning tarkibida epidemiologiya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ham bor, ularning biz bilan hamkorlikdagi ishlari kasallik manbayini aniqlash, manbani kuzatish va kasallik o‘chog‘ini bartaraf qilishdan iborat”, - dedi shtab a'zosi

Mavzuga oid