Koronavirus tufayli turizm sohasida 120 million ish o‘rni yo‘qotilishi mumkin - BMT
Koronavirus pandemiyasi tufayli jahon turizm sohasida 120 million ish o‘rni yo‘qotilishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish o‘z videomurojaatida aytib o‘tdi.
“Turizm pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi va xalqaro safarlar sonining bunday keskin qisqarishiga uchramagan birorta davlat yo‘q. Ushbu sohada dunyo bo‘yicha 120 mln ish o‘rni xavf ostida qolmoqda, ulardan ko‘pi norasmiy sektor va kichik korxonalarga to‘g‘ri keladi. Turizm sohasi bilan bog‘liq eksportdan olinadigan daromadning keskin kamayishi jahon yalpi ichki mahsulotining 2,8 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT bosh kotibi.
Guterrishning ta'kidlashicha, sayyohlik sektori xavfsiz bo‘ladigan hamda ish o‘rni va barqaror daromadlar manbasi sifatida o‘z pozitsiyalarini qaytara oladigan holda o‘zgartirilishi lozim.
Avvalroq BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) joriy yilning yanvar oyidan may oyi oxirigacha xalqaro turistik safarlar soni 300 mln. taga yoki 2019 yilning shu davriga nisbatan 56 foizga kamayib ketganini ma'lum qilgan. Shu davr ichida turizmdan olinadigan daromad 320 mlrd dollarga qisqarib ketgan. Tashkilotning ma'lum qilishicha, deyarli barcha davlatlar turizm sohasida koronavirus bilan bog‘liq choralar kiritgan. Iyul oxiriga kelib faqatgina 40 foiz davlatlargina bu choralarni yumshatgan.
Mavzuga oid
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024