Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 7 oyda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi - Statqo‘m
Iyul oyida 7219 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.
O‘zbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 49,7 foiz o‘sish sur'atiga ega bo‘ldi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, iyul oyida 7219 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 338 taga kam.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona Cobalt (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 49,7 foiz), 41 663 dona Nexia T-250 (6,6 foiz), 30 368 dona Lacetti-Gentra (24,5 foiz), 30 889 dona Damas (11,7 foiz), 16 370 dona Spark (38,9 foiz) hamda 4 520 dona Labo (1,9 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.
Mavzuga oid
11:55
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026