Toshkentning uch tumanida yangi hokimlar ish boshladi
Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod va Bektemir tumanlarining yangi rahbarlari ma'lum bo‘ldi. Elbek Shukurov Sergeli tumaniga, Jahongir Ibrohimov Bektemir tumaniga, Baxtiyor Rahmonqulov esa Yashnobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Elbek Habibullayevich Shukurov Toshkent shahrining Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.
Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
2013-2015 yillarda «Kamolot» yoshlar harakatining Toshkent shahri kengashiga raislik qilgan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a'zosi hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2017 yil iyulidan 2018 yil avgustigacha Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashiga raislik qilgan.
2018-2020 yillarda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Jahongir Bahodirovich Ibrohimov Toshkent shahrining Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.
Jahongir Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
2017 yildan hozirgacha Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Baxtiyor Tugambayevich Rahmonqulov esa Yashnobod tumanining hokimi etib tayinlandi.
Baxtiyor Rahmonqulov 1976 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1997 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha va 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.
2018 yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida 2019 yil sentyabridan buyon Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgandi.
24 avgust kuni esa Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxov hamda Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov (ularning ikkisi ham 2018 yil iyul oyidan buyon hokim edi) lavozimlaridan chetlatildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
-
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O‘zbekiston | 17:42
-
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi
Jahon | 17:37
Mavzuga oid

18:18 / 06.12.2021
Sergeli tumani hokimi o‘ziga 35 mln so‘m ustama to‘lash haqidagi qarorga imzo chekdi. Shahar hokimligi qarorga izoh berdi

18:40 / 25.08.2020
Toshkentdagi uch tumanga yangi rahbarlar tayinlanmoqda. Ortiqxo‘jayevning sobiq va hozirgi o‘rinbosarlari tuman hokimlari bo‘ladi

14:41 / 29.06.2020
Karantindagi sport, Peshko‘dagi voqea va oldindagi rejalar. Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bilan suhbat

20:35 / 08.02.2020