- Assalomu alaykum, Elbek aka, Özbekiston sportidagi hozirgi vaziyat köpçilikka qiziq. Ayni vaqtda Özbekistonda karantin bosqiçma-bosqiç yumşatilmoqda. Bunday paytda sport faoliyati qanday tiklanadi, asosiy urğu nimaga qaratiladi?
- Vaalaykum assalom, Alişer! Masala juda ham töğri qöyildi. Karantin paytida boşqa faoliyat turlari bilan bir qatorda, bizning sport sohamiz ham birmunça töxtatilgan edi. Mana endi Respublika maxsus komissiyasining tegişli qaroriga köra, joylarda asta-sekinlik bilan faoliyatimizni boşlayapmiz. Şu bilan birga, vazirligimizning 681-sonli buyruğiga binoan, faqatgina «yaşil» va «sariq» hududlaridagina öz faoliyatimizni olib borişimiz mumkin. Mazkur qaror yuzasidan «yaşil» va «sariq» hududlarda xususiy «Fitness klub»lar faoliyatiga ham ruxsat berildi. Bu jarayon öşa hudud hokimliklari va SES xizmati bilan kelişilgan holatda amalga oşiriladi. Vazirligimiz bilan SES xizmati örtasida kelişuv imzolandi. Bu kelişuvdan 102ta sport turlariga ruxsat berildi va bir qança talablar qöyildi. Ya'ni sport muassasalari öz mijozlariga gigiyena va oraliq masofa qoidalarini tuşuntirgan, taşkil qilgan sport muassasalari faoliyatini davom ettirişi mumkin. Qolaversa, şunday sport turlari borki, sportçilar örtasida oraliq masofa saqlanadi. Masalan, tennis, badminton kabi ijtimoiy masofa saqlanadigan sport turlariga 70 foiz urğu berilgan holda bemalol öz faoliyatlarini davom ettirişi mumkin.

- Sportçilar maşğulotlarni qanday olib borişadi? Ya'ni ular qandaydir test topşirişadimi?
- Har bitta vazirlik tarkibidagi sport muassasalarida tibbiyot xodimi faoliyat olib borişi belgilandi. Bunda sport muassasasiga keluvçi sportçi öşa yerdagi tibbiyot xodimining tibbiy körigidan ötadi va şundagina faoliyatini olib boradi. Şu bilan birgalikda, kirişdan boşlab tibbiy niqobda bölişi, tana harorati doimiy normadan oşmasligi va gigiyenik qoidalarga amal qilişi kerak böladi.
- Mana şu qoidalarni amalga oşirişda bir qança resurslar talab qilinadi. Ya'ni haroratni ölçaş vositalari, dezinfeksiya qurilmalari xarajatlari qanday manbadan qoplanadi?
- Biz bu böyiça qaror loyihasini işlab çiqişdan oldin kelişib olgan edik. Bilasiz, oddiy bir haroratni ölçovçi qurimaning örtaça narxi 300-400 ming söm turadi. Bundan taşqari, kelayotgan har bir mijozni dezinfeksiya qiliş, antiseptik vositalarni harid qiliş ham ançagina mablağ talab qiladi. Şuning uçun ham vazirligimiz hisobidan 450 mln söm mablağ ajratildi va vazirlik tasarrufida bölgan respublikamizning barça bolalar va ösmirlar sport muassasalariga tarqatildi. Kasallik bilan kuraşiş uçun odamda immunitet bölişi kerak. Immunitetni kuçaytiriş uçun esa baribir sport bilan şuğullaniş kerak. Şunday vaziyatni hisobga olib, tuman va şahar hokimliklari tomonidan ham bir qança yordamlar berildi. Bunda dezinfeksiya işlariga va keyinçalik kerak böladigan xarajatlarni ham öz içki imkoniyatidan kelib çiqqan holda qoplab berilişini ta'minladi.

















