Manbaning ma'lum qilişiça, yaqin vaqtlar içida uşbu nomzodlar Toşkent şahri hokimligida ötkaziladigan yiğilişda lavozimga tasdiqlanadi.
Ma'lum qilinişiça, 2018-2020 yillarda Toşkent şahri hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari bölgan, 2020 yil fevralidan buyon Jismoniy tarbiya va sport vaziri örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelgan Elbek Şukurov Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlanadi.

2018 yil dekabridan buyon Toşkent şahar hokimining uy-joy kommunal xizmat körsatiş böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonqulov Yaşnobod tumani hokimi lavozimini egallaydi.

Şuningdek, köp yillardan buyon Sirdaryo viloyati hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Jahongir Ibrohimov Bektemir tumanining yangi hokimi böladi.

Eslatib ötamiz, avgust oyi boşida 2019 yil sentyabridan buyon Sergeli tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Baxtiyor Şamuratov lavozimidan ozod etilgandi.
24 avgust kuni esa Yaşnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillaşayxov hamda Bektemir tumani hokimi Şohrux Mamajonov (ularning ikkisi ham 2018 yil iyul oyidan buyon hokim edi) lavozimlaridan çetlatildi.
















