Jamiyat | 13:53 / 26.08.2020
16078
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda karantin qoidalarini buzib, 150 kishilik to‘y qilgan fuqaroga 4 mln 460 ming so‘m jarima belgilandi

Buxoro viloyatining Olot tumanida qiz uzatdi to‘y marosimi karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazilganligi aniqlandi. 

Foto: doca-tours.com

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, karantin qoidalari yumshatilishi bilan to‘y va marosimlarga ruxsat etilgan. Bunda mehmonlar soni 30 nafardan oshmasligi va marosimlar xonadonlarda o‘tkazilishi qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Olot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan o‘rganishlar jarayonida tumandagi xonadonlarning birida qiz uzatdi to‘y marosimida 150 kishi ishtirok etgani aniqlangan.

Olot tumani IIB profilaktika inspektorining aytishicha, bu bilan fuqaro amaldagi karantin talablarini buzib, kasallikning aholi orasida tarqalishiga sharoit yaratib bergan.

«Ertalab oila boshliqlaridan to‘yni karantin normalariga monand o‘tkazish bo‘yicha tilxat olingan. Kechki payt borib tekshirganimizda to‘yxonada 150 nafardan ortiq fuqaro bo‘lganligi sababli ma'muriy bayonnoma tuzildi», – dedi inspektor.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi qonunning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun 39-moddasi – hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik moddasi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi – epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish moddasi ikkinchi qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, unga shu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari ya'ni 4 million 460 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid