Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda ming yillik qadimiy oltin tangalar topildi
Isroilda qazish ishlarini olib borgan ikki nafar isroillik o‘smir 425 ta oltin tangadan iborat xazinani topib oldi. Topilgan tangalarning umumiy og‘irligi 845 gramm sof oltinni tashkil qiladi.
Tangalar yer ostiga ko‘milgan sopol ko‘za ichidan topilgan. Barcha tangalar 24 karatlik sof oltindan tayyorlangan. Ta'kidlanishicha, tangalar IX asrga mansub bo‘lib, o‘sha vaqtda bu hududlar Abbosiylar halifaligi nazoratida bo‘lgan. Abbos ibn Abdulmuttalib asos solgan Abbosiylar halifaligi (750-1258 yillar) o‘sha kezlarda hozirgi Jazoirdan Afg‘onistongacha bo‘lgan hududlarda hukmronlik qilgan.
Arxeologlarning ta'kidlashicha, topilgan tangalarga o‘sha zamonlarda hashamatli uy sotib olish mumkin bo‘lgan. Ularning aytishicha, tangalar a'lo darajada saqlanib qolgan. Ta'kidlanishicha, Isroilda Abbosiylar davriga mansub osori-atiqalar avval topilmagan.
“Bu juda g‘aroyib bo‘ldi. Men yerni qaziyotganimda ingichka barglarga o‘xshash narsalarni ko‘rdim. Yaxshilab qaraganimda, ular oltin tangalar ekanini angladim. Bunday qadimiy va ahamiyatli xazinani topish juda qiziq bo‘ldi”, deb aytgan o‘smirlardan biri Oz Koen.
“Bunday miqdorda oltin tangalar kamdan kam uchraydi. Biz arxeologik qazilmalar vaqtida ularni deyarli topmaymiz. Chunki oltin har doim qadrlangan va qayta-qayta eritilib, avlodlar osha ishlatib kelingan. Sof oltindan tayyorlangan tangalar zanglamaydi. Tangalar go‘yoki bir kun avval ko‘milgandek a'lo darajada bo‘lgan”, deb aytishgan mutaxassislar.
Isroilning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha boshqarmasi oltin tangalar topilgan joyni ma'lum qilmagan. Mutaxassislar buni ushbu joyni marodyorlar - xazina qidiruvchilardan himoyalash istagi bilan tushuntirishgan. Ushbu hududda qazilma ishlari davom ettiriladi, chunki yer ostida yana boshqa tangalar va qimmatli buyumlar yashirilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026