Tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 72 001 nafariga 241,3 mlrd so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi - vazirlik
Moliya vaziri Timur Ishmetov Davlat budjetining 2020 yilning 1-yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisidagi ma'ruzasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga Inqirozga qarshi jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lar yuzasidan ma'lumot bergan.
“Ushbu sohada amalga oshirilgan xarajatlarning 724 mlrd. so‘mi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shundan koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 72 001 nafariga 241,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi.
Ushbu to‘lovlardan:
- oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar uchun jami 56 985 nafar xodimga 85,2 mlrd. so‘m, shundan 14 873 nafar vrachga – 33,1 mlrd.so‘m;
- 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha jami 6 477 nafar xodimga 142,5 mlrd. so‘m, shundan 1 960 nafar vrachga (har biriga 25 mln.so‘mdan) – 70,0 mlrd. so‘m;
- bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan 2 nafar tibbiyot xodimiga bir martalik to‘lov bo‘yicha 283 mln. so‘m to‘lab berildi.
Bundan tashqari, davolash muassasalari va karantin zonalarida fuqarolarni va ularga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni saqlash xarajatlari, shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari, test diagnostikumlari, dori vositalari va tibbiy texnika vositalari, transport vositalarini xarid qilish, jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va boshqa tadbirlar uchun uchun jami 357,4 mlrd. so‘m ajratildi. Jumladan:
uch mahal issiq-ovqat uchun - 73,0 mlrd. so‘m; dori-darmon va zararsizlantiruvchi vositalar uchun – 44,7 mlrd. so‘m;
tibbiy asbob-uskunalar sotib olish uchun – 79,0 mlrd. so‘m;
test tizimlar, choyshablar va bir martalik himoyalovchi kiyimlar va boshqa zarur anjomlar uchun – 131,1 mlrd. so‘m;
transport vositalarini sotib olish uchun – 12,2 mlrd. so‘m;
joylarini dezinfeksiya qilish va boshqa tadbirlar uchun 17,5 mlrd.so‘m safarbar etildi”, - deyiladi ma'ruzada.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023