Jizzaxda avtomobil yo‘llarini ta'mirlash va saqlash qay holatda?
Hozirgi pandemiya sharoitida aksariyat tarmoqlar ma'lum muddatga faoliyatini to‘xtatgan, ish ko‘lamini qisqartirgani sir emas. Ammo shunday vaziyatda ham yo‘lsozlar o‘z ishida davom etdi. Ular nafaqat xalqaro ahamiyatdagi, balki davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarni ta'mirlash, yangidan qurishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati hududida 9354,0 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatga olingan. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq 2601 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan, 168 km xalqaro, 1428 km davlat, 1005 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari hisoblanadi.
Ushbu yo‘llar Jizzax viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tasarrufida bo‘lib, boshqarma tarkibidagi tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari tomonidan joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bajarib kelinmoqda.
Aytish mumkinki, viloyat hududida ichki xo‘jalik, shahar, qishloq posyolka avtomobil yo‘llari 6753,0 km ni tashkil etib, tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari hisobida turadi. Shundan, 4062 km qismini ta'mirlash talab etiladi.
Joriy yilning 10 yanvarida qabul qilingan “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan viloyat hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 2020 yilda rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun 25558,3 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mazkur qaror bilan dasturga kiritilgan avtomobil yo‘llarida “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida pudratchi “Jizzax KFUK” tomonidan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, joriy yilda obektlarda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun 28635,5 mln so‘mlik pudrat shartnomasi tuzilgan. Dastlabki olti oy davomida 8000,0 mln so‘mlik rekonstruksiya ishlari bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda va 17592,9 mln so‘mlik (220 foiz) yo‘l ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, M-39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 982-1005 km (23 km), avtomobil yo‘lining 983,6-992,6 km qismlari foydalanishga topshirildi. Joriy yilda obektda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun 15000,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Yanvar-iyun oylari rejasi 4000,0 mln bo‘lib, amalda 10111,4 mln so‘mlik yo‘l ishlari (253 foiz) amalga oshirildi.
2020 yilda 4R35 “Jizzax sh. (4r38 avtoyo‘li)-Paxtakor sh.-Do‘stlik sh.-Gagarin sh.-M-39 avtoyo‘li (918 km)” avtomobil yo‘lining 11-15 km qismlarida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun 9558,3 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 4 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lida yo‘l ishlarini to‘liq tugatib, foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgandi. Ushbu yo‘nalishda ham ishlar rejalashtirilganidan ancha oldinda ekanini aytish mumkin.
Shuningdek, to‘la ta'mirlash ishlari dasturiga kiritilgan 2019 yildan 2020 yilga o‘tuvchi 9 ta obektlarda ham “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK buyurtmachiligida viloyat hududidan o‘tuvchi 32,7 km uzunlikdagi yo‘l qismlarida belgilangan reja asosida to‘la ta'mirlash ishlari amalga oshirilyapti.
2020 yilda to‘la ta'mirlash obektlarida yo‘l ishlarini amalga oshirish uchun 15778,9 mln so‘mlik shartnomalar tuzilgan edi. Joriy yilning olti oyida 2400,0 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 11023,3 mln so‘mlik (459 foiz) ishlar qilindi.
Ushbu yilda viloyat hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarda ham 38751,7 mln so‘mlik joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
2020 yilda Jizzax viloyati hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini ta'mirlash ishlari uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ham 45 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, manzilli dastur tasdiqlangandi. Bu borada ham o‘tgan olti oyda ko‘zda tutilgan ishlar to‘liq bajarildi.
Jizzax viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Mavzuga oid
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
01:05 / 16.08.2024