O‘zbekiston | 00:14 / 27.08.2020
38413
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 40 mingdan, davolanish 90 foizdan oshdi

26 avgust kuni O‘zbekistonda 390 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 40 054 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabar qilinishicha, kun davomida 579 bemor sog‘ayib, yana 6 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 36 562 nafar, qurbonlar 293 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi holatlar (+390)

Vazirlik xabariga ko‘ra, yangi holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida test topshirgan va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Toshkent shahri – 269
  • Toshkent viloyati – 98
  • Samarqand viloyati – 8
  • Surxondaryo viloyati – 6
  • Namangan viloyati – 5
  • Andijon viloyati – 4

Tuzalganlar (+579)

40 054 bemordan 36 562 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi birinchi marta 91 foizga yetdi.

  • Toshkent shahri – 428
  • Toshkent viloyati – 115
  • Samarqand viloyati – 13
  • Namangan viloyati – 11
  • Surxondaryo viloyati – 6
  • Andijon viloyati – 4
  • Qoraqalpog‘iston – 2

O‘lim holatlar (+6)

Rasmiy statistikada qayd etilgan o‘limlar soni 293taga yetdi. O‘lim ko‘rsatkichi rasman 0,7 foiz bo‘lib qolmoqda.

  • Olmazor tumanida yashagan 81 yoshli M.I. (erkak)
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 73 yoshli D.I. (ayol)
  • Samarqand shahrida yashagan 38 yoshli X.Q. (erkak)
  • Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 58 yoshli Eron Islom Respublikasi fuqarosi B.S. (erkak)
  • Chilonzor tumanida yashagan 79 yoshli V.Ya. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli M.K. (ayol)

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 199 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid