Jamiyat | 15:00 / 27.08.2020
12886
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda aholi COVID-19 testini topshirishi uchun klinik-diagnostika markazi ochildi

2020 yil avgust oyida aholi COVID-19 testini topshirishi uchun ixtisoslashgan Innova klinik-diagnostika markazining filiali ochildi. Diagnostika PZR texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, bu bugungi kunda viruslarni aniqlashning eng aniq va ishonchli usullaridan biri bo‘lib, inkubatsiya davrida kasallikni, shu jumladan uning asimptomatik kursini aniqlashga imkon beradi. Test, shuningdek, IgG va IgM turidagi antikorlari miqdorini aniqlash uchun ham amalga oshiriladi.

Klinik diagnostika markazi, shuningdek, butun O‘zbekiston Respublikasi hududida korporativ xizmatlarni ham taklif etadi. Innova klinikasining asosiy filiali Samarqandda, qolgan 17 filiali respublikaning boshqa shaharlarida, shu jumladan Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida joylashgan.

Markazning zamonaviy jihozlari poytaxt aholisi va respublikaning barcha hududlari uchun noyob tadqiqotlarni o‘tkazish imkonini beradi. Laboratoriya Bio-Rad Laboratories Inc. USA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan. Ma'lumot o‘rnida (Bio-Rad, AQSh) – ilmiy tadqiqotlar uchun uskunalar va reagentlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, ushbu klinik-diagnostika markazida katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Toshkent shahrida ushbu markazning ochilishida Germaniyaning yuqumli kasalliklar bo‘yicha olimi, mikrobiolog va tibbiyot fanlari doktori, Germaniyaning Mikrobiologik Laboratoriyalarni Akkreditatsiya qilish organining eksperti, professor Verner Baer ishtirok etdi.

Xorijlik mutaxassis markaz xodimlarining tayyorgarligini yuqori baholadi va ular bilan laboratoriyaning strategik rivojlanishi va pandemiya tugaganidan keyin PZR diagnostikasi imkoniyatlari to‘g‘risida munozara o‘tkazdi. Bundan tashqari, u COVID-19 bilan samarali kurashish bo‘yicha foydali maslahatlarini berdi.

Doktor Baer ta'kidlashicha: «Innova Klinik-Diagnostika Markazining laboratoriyasi PZR laboratoriyalari, shu jumladan ekstraksiya, namuna tayyorlash va amplifikatsiya zonalari uchun yaxshi mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga javob beradi. Bu qo‘shimcha diagnostika choralarini o‘tkazish uchun imkoniyatni ochadi va shuningdek, o‘zaro zaharlanish ehtimolini kamaytiradi. Bundan tashqari, markaz xodimlari yuqori malakaga ega ekanliklarini namoyish etdilar».

Ish vaqti: 9.00-17.00

Ma'lumot uchun:

Tel. +99878 2100333, +99878 2100999

  • Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chorbog‘ ko‘chasi 82A
  • Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasi 3, 1

Narxlar:

  • PZR testi - 270.000 so‘m
  • IgM va IgG antikorlari testi - 250.000 so‘m

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid