Jahon | 11:19 / 28.08.2020
6266
3 daqiqa o‘qiladi

JSSTda koronavirus odamlarning ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir qilgani aytildi

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning ruhiy sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Bunday bayonot bilan JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus chiqdi.

Foto: REUTERS/Jose Luis Gonzalez

Uning ta'kidlashicha, pandemiya odamlarda xavotir va qo‘rquv paydo bo‘lishi hamda ruhiy ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ishidagi buzilishlarga olib kelgan. Bundan tashqari, odamlar ruhiyatiga karantin sababli o‘zaro muloqot kamaygani qattiq ta'sir qilgan.

JSST rahbarining ta'kidlashicha, pandemiyagacha ham odamlar ruhiy sog‘lig‘i “jahon sog‘liqni saqlash tizimida unutilgan masala” bo‘lib kelgan. Bugungi kunda dunyoda turli og‘irlikdagi ruhiy buzilishlarga ega 1 mlrdga yaqin odam yashaydi, har yili spirtli ichimlik iste'mol qilishning zararli ta'siridan 3 mln kishi o‘ladi va har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi.

Gebreyyesusning aytishicha, oz odamlar psixologik masalalar bo‘yicha tibbiy yordam olish imkoniyati ega. O‘rtacha daromad past yoki o‘rta darajada bo‘lgan davlatlarda ruhiy-asab kasalliklariga ega 75 foizdan ko‘proq odam umuman hech qanday davolanish olmaydi.

Shu munosabat bilan JSST rahbari 10 oktyabrda ruhiy yordam ko‘rsatish xizmatlari qo‘llab-quvvatloviga xalqaro onlayn-anjuman o‘tkazishga chaqirdi. Anjuman 10 oktyabrda nishonlanadigan Jahon ruhiy salomatlik kuniga bag‘ishlanadi.

Gebreyyesus oxirgi mahal ba'zi davlatlarda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani masalasiga to‘xtalib, infeksiya tarqalishining yangi o‘choqlari ko‘pincha odamlar ko‘p to‘planadigan joylar bilan bog‘liqligini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, gap, xususan, stadionlar va tungi klublar haqida bormoqda. JSST rahbarining aytishicha, har bir davlat bunday tadbirlarni o‘tkazishni o‘z holatidan kelib chiqib hal qiladi.

Avvalroq rossiyalik psixolog Georgiy Solodovnikov  pandemiya va u sababli kiritilgan cheklovlar odamlarning fikrlashi va his-tuyg‘ulariga ta'sir qilganini aytib o‘tgan. Uning fikricha, ko‘pchilik o‘z ishini va shaxsiy hududini ko‘proq qadrlay boshlagan. Bundan tashqari, odamlar karantin va o‘zini yakkalash vaqtida bir-biridan charchagan.

Mavzuga oid