Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Shodmonov va Rustam Xolmatov qurilishiga 23,5 mlrd so‘m sarflangan Chinoz markaziy shifoxonasining yangi binosini ochdi
140 o‘rinli mazkur zamonaviy shifoxonada nafaqat Chinoz tumani, balki qo‘shni viloyatlar va tumanlar aholisiga ham sifatli va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Mustaqillikning 29 yillik bayrami arafasida Chinoz tumani markaziy shifoxonasining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi. Shifoxonaning ochilish marosimida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etishdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ushbu shifoxona bunyod etilishiga 23,5 milliard so‘m sarflandi. Muassasa eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorlarga aniq tashxis qo‘yish, samarali davolash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bolalar bo‘limi, shoshilinch tez yordam, terapiya va tug‘ruqxona bo‘limlari, umuman olganda, 140 o‘rinli mazkur zamonaviy shifoxonada nafaqat Chinoz tumani, balki qo‘shni viloyatlar va tumanlar aholisiga ham sifatli va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
Bu yerdagi shifokorlar samarali faoliyat yuritishi, kasallikka chalingan fuqarolarning sifatli tibbiy yordam olishlari, bemorlarni ko‘rishga kelgan yaqinlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday qulaylik pandemiya sharoitida aholining tezkor va zarur tibbiyot yordam olishlarida muhim ahamiyat kasb etishi bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi

21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

17:37 / 28.02.2025