O‘zbekiston | 11:40 / 01.09.2020
8756
2 daqiqa o‘qiladi

Avgust oyida iste'mol narxlari darajasi necha foizga ko‘tarilgani ma'lum bo‘ldi

2020 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi iste'mol sektoridagi inflatsiya darajasi ma'lum qilindi.

Foto : KUN.UZ

2020 yilning avgustida iste'mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida o‘rtacha 0,5 foizga ko‘tarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,8 foizni tashkil etgan.

2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi.

Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur'ati 11,7 foizni tashkil etdi.

2019 yilning avgustida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 2,9 foizga ko‘tarilgan. Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 3,2 foizni tashkil etgan.

2019 yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning avgustiga nisbatan 2019 yilning avgust oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 16,5 foizga oshgan.

O‘rtacha oylik INI o‘sishi hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida 0,6 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,0 foizni tashkil etgan.

Mavzuga oid