Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 5 sentyabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi
Moskvada 5 sentbyardan Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi vaksina “Sputnik V” bilan ommaviy emlash boshlanadi. Shu maqsadda vaksina shahar shifoxonalari va poliklinikalariga ishchi hafta oxirigacha, ya'ni 5 sentyabrgacha yetkaziladi.
Ushbu emlash vaksinaning 3-bosqich sinovlari doirasida o‘tkaziladi.
“Barchasi reja bo‘yicha ketmoqda. 3-5 sentabr kunlari ko‘ngillilarning skriningi davom etadi, ular barcha tahlillarni topshirishlari kerak. Shu sababli, emlash 5 sentyabrdangina boshlanadi”, deb ma'lum qilgan vaksinani ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg.
26 avgustda Moskva meri Sergey Sobyanin Moskva aholisiga “Sputnik V” sinovlarida ishtirok etib, vaksina bilan emlanishni taklif qilgan. Siovlarda ishtirok etishni istaganlarga Moskva hukumati va meri portalida ariza qoldirish taklif qilingan. Umumiy hisobda sinovlarda qatnashish uchun 18 yoshdan katta va koronavirusga chalinmagan hamda sog‘lig‘ida muammolar bo‘lmagan 40 ming ko‘ngilli yig‘ilgan. Ular emlanishdan oldin skriningdan o‘tishadi, ya'ni zarur tahlillar topshirishadi va mutaxassislar maslahatlashuvidan o‘tishadi.
Ko‘ngillilar emlangandan keyin yarim yil davomida teletibbiyot texnologiyalari yordamida doimiy tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishadi. Ba'zi emlanganlar esa tana harorati va qon bosimini o‘lchovchi bilakuzuklar bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026