Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi shaxs 5-sinf o‘quvchisiga tan jarohati yetkazdi
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 30 avgust kuni soat 13:30larda Namangan tumani Qirg‘izqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro hech bir sababsiz tumanning Bo‘ston mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi 5-sinf o‘quvchisini urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, surishtiruv ishlari davomida bolani kaltaklagan 24 yoshli yigit 2006 yildan buyon To‘raqo‘rg‘on tumaniga qarashli ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hurmatli ota-onalar voyaga yetmagan farzandingizga e'tiborli bo‘ling. Ularni uyingizdan uzoq hududlarda yolg‘iz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymang!” - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
17:37 / 04.06.2026