Jamiyat | 13:18 / 01.09.2020
2661
1 daqiqa o‘qiladi

Termizda test o‘tkaziladigan hududlarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

2 sentyabrdan 14 sentyabrga qadar test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chalar bo‘ylab transport vositalari harakati to‘xtatiladi.

Termiz shahrida ayrim ko‘chalar bo‘ylab transport vositalari harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shahar hokimining farmoyishiga asosan joriy yil 2 sentyabrdan 14 sentyabrga qadar test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chalar bo‘ylab transport vositalari harakati to‘xtatiladi.

Jumladan, test sinovlari o‘tadigan hududlar:

  • “Surxon” sport majmuasi;
  • Termiz olimpiya zaxiralari maktab internati;
  • “Alpomish” o‘yingohi;
  • DXX futbol maydoniga olib boruvchi ko‘chalar harakat uchun yopiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid