Toshkentda yil yakuniga qadar 5G tarmog‘ini joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi hamda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, raqamlashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
a) 2020 yil yakuniga qadar:
- internet tezligini 10 foizga, mobil internet tezligini esa 22 foizga oshirish;
- kamida 700 ming keng polosali ulanish portlarini o‘rnatish va ularning umumiy sonini 2,8 millionga yetkazish orqali internetga ulanish imkoniyatini kengaytirish;
- respublika bo‘yicha 1 052 ta mobil aloqa bazaviy stansiyalarini o‘rnatish va ularning umumiy sonini 28,3 mingtaga yetkazish orqali mamlakatning aholi punktlarini qamrab olish darajasini 70 foizdan 90 foizga oshirish;
- Toshkent shaxrida mobil internet tarmog‘ining beshinchi avlodini (5G) joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish;
- rejalashtirilgan 6 ming kmga qo‘shimcha 1,5 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish va ularning umumiy uzunligini 50 ming kmga yetkazish orqali telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash;
- xalq ta'limi muassasalarining 70 foizini hamda maktabgacha ta'lim va sog‘liqni saklash muassasalarining 100 foizini yuqori tezlikdagi internetga ulash;
- “O‘zbektelekom” AK ma'lumotlar saqlash va qayta ishlash markazining (ma'lumotlar markazi) sig‘imini 5 baravarga kengaytirish (5 Petabaytgacha);
- dasturlash, grafik dizayn, elektron tijorat asoslari bo‘yicha yoshlarni o‘qitish uchun barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazlarini ochish;
- oliy ta'lim va xalq ta'limi muassasalarining internet resurslariga bepul kirish imkoniyatini yaratish (14 ta ta'lim resursi);
- elektron vaucher va kesh-bek xizmati tizimini rivojlantirish orqali elektron tijoratni takomillashtirish;
- elektron tijorat sohasida qonun hujjatlari, statistik hisob va soliq tizimini takomillashtirish;
- elektron sog‘liqni saqlash sohasidagi axborot tizimlarini, jumladan “Yagona elektron tibbiy karta”, “Poliklinika” va “Laboratoriya” tizimlarini, COVID-19 koronavirusini yuqtirgan shaxslarni ro‘yxatga olish ma'lumotlar bazasini hamda karantin davrida harakatlanish uchun ruxsat berish tizimini joriy etish;
- o‘quv axborot tizimlari va dasturiy ta'minot mahsulotlarini, shu jumladan, maktablar uchun elektron kundalik va jurnal tizimini, ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish (”Abituriyent”) tizimini hamda oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta'lim platformasini joriy etish;
- yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini modernizatsiya qilish va uning mobil ilovasini ijtimoiy himoya, notarial faoliyat, hujjatlarni rasmiylashtirish, to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalarga doir kamida 50 ta yangi elektron xizmatlarni joriy etish hisobiga takomillashtirish;
- elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida elektron hukumat foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimini modernizatsiyalash;
- “Elektron litsenziyalash” tizimini modernizatsiyalash, litsenziya va ruxsatnomalar turlarining kamida yarmini elektron shaklga o‘tkazish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan elektron hukumat axborot tizimini joriy etish;
- oshkent shaxridagi IT-Park ijtimoiy infratuzilma obektlarini hamda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan IT-maktab hududida va viloyatlarda (Namangan, Buxoro, Samarqand, Urganch, Nukus, Guliston shaharlarida) uning filiallarini qurish;
- jamoaviy moliyalashtirishni (kraudfanding) tashkil etishga qaratilgan investitsiya platformalaridan foydalangan holda startap-loyihalarni moliyalashtirishning alternativ mexanizmlarini joriy etish;
- IT-park rezidentlarining loyihalarini xorijda targ‘ib qilish maqsadida AQShda IT-Park vakolatxonasini ochish;
- internet-do‘konlar bilan ishlash va o‘z mahsulotlarini tashqi savdo maydonchalarida reklama qilish bo‘yicha tadbirkorlarni onlayn o‘qitish uchun platforma yaratish;
- yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjatlarni hisobga olish va yetkazib berish davlat axborot tizimini joriy etish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2020 yil yakunigacha AKT xizmatlari hajmini 8 foizga va dasturiy mahsulotlar hajmini 20 foizga oshirib, AKT xizmatlari eksportini 172 million dollarga, jumladan, dasturiy mahsulot eksportini 20 million dollarga oshirishga imkon beradi.
b) O‘rta muddatli chora-tadbirlar va boshlangan tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda maxalliy uyali aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-boskich sotish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- mintaqaviy va xalqaro ma'lumot o‘tkazish tarmoqlarining viloyat markaziga o‘tkazish imkoniyatini 400 Gbit/s gacha (2 baravar) va viloyat markazidan tuman markazigacha 60 Gbit/s ga (1,5 baravar) oshirish;
- xalqaro aloqa kanallarining o‘tkazish imkoniyatini 3000 Gbit/s gacha (2,5 baravar) oshirish orqali xalqaro kommunikatsiya markazlarini kengaytirish;
- qishloq joylarda qo‘shimcha 2,2 mingta bazaviy stansiyalarni o‘rnatish va ularning umumiy sonini 30,5 mingtaga yetkazish orqali uyali aloqa sifatini yaxshilash;
- respublikaning barcha ijtimoiy muassasalari, qishloq va mahallalarini yukori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlarni yakunlash;
- sig‘imi 100 Petabayt bo‘lgan ikkita yangi korporativ ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini va 20 Petabayt sig‘imiga ega bo‘lgan elektron hukumat markazlarini qurish;
- davlat bojlari va yig‘imlarini kamida yarmini elektron to‘lov shakliga o‘tkazish hisobiga elektron hukumatning yagona billing tizimini modernizatsiyalash;
- respublikaning boshqa mintaqalarida (Jizzax, Qarshi, Navoiy va Termiz) IT-Park faoliyatini kengaytirish va 10 ta oliy o‘quv yurtida startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini yaratish;
- “O‘zbekiston pochtasi” AJning elektron savdo maydonchasi uchun axborot tizimini yaratish va uni xorijiy internet platformalari bilan integratsiyalash.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
Jamiyat | 22:20
-
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
Jamiyat | 22:03
-
Tramp: Eronda endi yadroviy dastur qolgani aniq emas
Jahon | 21:55
-
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi
Jahon | 21:55
Mavzuga oid

11:24 / 22.05.2025
Mehmonxonaga hujjat taqdim etmay, MyID identifikatsiyasi bilan kirish mumkin bo‘ladi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

07:37 / 19.04.2025
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi

10:49 / 10.03.2025