Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng serdaromad mashhur kishilari reytingi e'lon qilindi
Forbes nashri dunyoning eng serdaromad mashhur kishilarining yangi reytingini e'lon qildi.
Reytingdan qo‘shiqchilar, sportchilar, aktyorlar va boshqa mashhur kishilar joy olgan. 1-o‘rinni model va tadbirkor Kayli Jyenner egallagan. Kylie Cosmetics kompaniyasi asoschisi o‘ziga tegishli aksiyalarning 51 foizini sotish orqasidan 590 mln dollar ishlab topgan.
2-o‘rinni Kayli Jyennerning opasi Kim Kardashyanning turmush o‘rtog‘i, reper Kane Uest egallagan. Uning bir yillik daromadi 170 mln dollarni tashkil qilgan. Reper bu daromadning katta qismini o‘zining Yeezy brendi ostida chiqqan krossovkalarining muvaffaqiyatli sotilishidan olgan.
Yetakchi uchlikka tennischi Rojyer Federer ham kirgan. Sportchining bir yillik daromadi reklama shartnomlari evaziga 106,3 mln dollarni tashkil qilgan.
Yetakchi o‘nlikdan, shuningdek, futbolchilar Krishtianu Ronaldu (105 mln dollar) va Lionel Messi (104 mln dollar), aktyor Tayler Perri (97 mln dollar), futbolchi Neymar (95,5 mln dollar), amerikalik tele- va radioboshlovchi Govard Stern (90 mln dollar), basketbolchi Lebron Jyeyms (88,2 mln dollar) va aktyor Dueyn Jonson (87,5 mln dollar) o‘rin olgan.
Mavzuga oid
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
15:41 / 16.04.2026
Forbes ko‘chmas mulk sektoridagi eng yirik investor nomini e’lon qildi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
22:14 / 04.02.2026