O‘zbekiston | 23:49 / 03.09.2020
28556
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 257ta holat qayd etildi, 300ga yaqin bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 3 sentabr kuni 257ta yangi holat qayd etildi, 293 nafar bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 3 sentabr kuni mamlakatimizda 257 holatda kasallik qayd etildi. Shuni ta'kidlash joizki, bugungi holat ikki oydan ziyodroq vaqt avvalgi, ya'ni 27 iyun kuni koronavirus qayd etilgan 255 nafarlik minimumga yaqinlashdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Kun davomida respublikaning 9 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 257 holat aniqlanib, jami holatlar soni 42 ming 797taga yetdi.

Yangi holatlar (+257)

  • Toshkent viloyatida 109 holat;
  • Toshkent shahrida 104 holat;
  • Samarqand viloyatida 8 holat;
  • Buxoro viloyatida 7 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 7 holat;
  • Namangan viloyatida 6 holat;
  • Andijon viloyatida 6 holat;
  • Xorazm viloyatida 5 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 holat.

Tuzalganlar (+293)
Bugun respublikaning 8 hududida 293 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 40 ming 176 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 155 nafar;
  • Toshkent viloyatida 93 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar;
  • Xorazm viloyatida 10 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+5)
Bugun hozircha Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 2 o‘lim holati qayd etildi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 334 nafarga yetdi.

  • Sergeli tumanida yashagan 77 yoshli A.M. (ayol);
  • O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 58 yoshli D.D. (ayol);
  • Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol);
  • Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol);
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 53 yoshli X.R. (erkak) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 2 287 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzuga oid