Rossiyalik muxolif siyosatchi, Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 20 avgustdan buyon koma holatida. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada o‘tkazdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelishdi. Ular rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bo‘lishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgani va ketishiga ruxsat bermagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgandi.

«Sharite» klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun o‘tib, 23 avgust kuni uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bo‘lgan modda bilan zaharlanganini ma'lum qildi.

Rossiyalik shifokorlar Navalniyning Rossiyada olingan tahlillari uning organizmida qandaydir zahar borligini aniqlamagani ma'lum qilgan. Rossiya Bosh prokuraturasi tekshiruv o‘tkazib, hodisa munosabati bilan jinoiy ish ochishga asos mavjud emas deb topgan.

2 sentabr kuni Germaniya hukumati Qurolli kuchlar laboratoriyasi xulosalariga asoslanib, Aleksey Navalniy Rossiyada asab tizimini falaj qiluvchi, tarkibi jihatdan «Novichok» moddasiga o‘xshash jangovar modda bilan zaharlanganini ma'lum qildi.

Moskva toksikologik ekspertiza natijalarini olmaganligini bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Navalniy Berlindagi klinikaga olib ketilguniga qadar uning organizmida zaharli moddalar aniqlanmaganini aytdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel muxolifatchining zaharlanishi bo‘yicha Moskvadan izoh talab qildi.

Foto: Markus Schreiber / Pool / AFP / Scanpix / LETA

U Navalniy «Novichok» guruhiga mansub zaharlovchi moddadan foydalanilgan holda amalga oshirilgan hujum qurboni bo‘lganini, ekspertiza natijalari bunga hech qanday shubha qoldirmasligini ta'kidladi.

«Shu tarzda, Aleksey Navalniy jinoyat qurboni bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Uni jim yurishga majbur qilmoqchi bo‘lishgan. Buni butun federal hukumat nomidan qoralayman», — dedi Merkel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning zaharlanishi munosabati bilan faqat Moskvadagilar javob berishi mumkin bo‘lgan murakkab savollar tug‘ilgan. Merkel javoblarni butun dunyo kutishini ta'kidladi. 

Rossiyani qanday oqibatlar kutmoqda?
Ekspertlar Skripal va Navalniyning vaziyatlari turlicha ekaniga e'tibor qaratishmoqda: o‘shanda Skripallarning zaharlanishi Buyuk Britaniya hududida sodir bo‘lgandi, hozir esa - Rossiya hududida. «Yevropa bilan ziddiyat darajasi nisbatan pastroq bo‘ladi», - deb hisoblaydi R.Politik tahlil kompaniyasi rahbari Tatyana Stanovaya: bu safar Rossiyani begona hududda jangovar kimyoviy qurol ishlatishda ayblab