Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Economist: Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda
Mahalliy aholiga ko‘ra, Kichik Diomid sekinlik bilan - yiliga 1-2 metr Rossiyaga qarashli orol tomon harakatlanyapti.
Alyaskadagi Kichik Diomid oroli aholisi Rossiya ushbu hududni qo‘shib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganishni boshladi. Bu haqda Rossiyaning eng sharqiy nuqtasi — Ratmanov orolidan 3,5 kilometr uzoqlikda joylashgan mazkur hududga borgan The Economist jurnalistlari ma’lum qildi.
Kichik Diomidda yashovchi 100 ga yaqin odamlarning kundalik hayotini tasvirlagan jurnal orolni Rossiya va AQSh o‘rtasidagi «Arktika jangining oldingi chizig‘i» deb atagan.
«Orolning ba’zi aholisi Rossiya qachondir uni qo‘lga kiritishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda», — deyiladi xabrada.
Qishdan bir oroldan ikkinchisiga muz ustida harakatlanib yarim soatda yetib olish mumkin. Oldinlari odamlar shunday qilgan ham, ayniqsa, sovuq urush boshlangunga qadar. Endi esa ikki davlat o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgani sabab bunday aloqalar butunlay to‘xtab qolgan, aholi bir-birini uzoqdan kuzatadi xolos.
«Biz ularni kuzatamiz, ular esa bizni», — deydi Kichik Diomidda yashovchi Edvard ismli fuqaro.
Shu bilan birga, mahalliy aholi Kichik Diomid sekinlik bilan — yiliga 1-2 metr Rossiya oroli tomon harakatlanayotganini ta’klamoqda. «Orollar nimanidir to‘g‘irlashga urinmoqda. Balki ular bir-birini yaxshi ko‘rar?», — deydi mahalliy aholidan biri.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026