21:18 / 03.09.2020
8500

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Tojikiston milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi.

O‘rtoqlik maqomidagi ushbu bahsda bosh murabbiy Vadim Abramov legioner futbolchilarimiz xizmatidan foydalana olmay, Superliga klublaridan taklif etilgan futbolchilardan foydalandi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Shahzod Ubaydullayev o‘yinda hisobni ochib, milliy jamoa safidagi debyutida o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi – 1:0.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limini hujumkor boshlagan Usmon Toshev qo‘l ostidagi tojikistonliklar 48-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Zoir Jo‘raboyev Ne'matov darvozasini ishg‘ol etdi – 1:1.

67-daqiqada esa uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullayev Oybek Bozorov jarima maydonida tojikistonlik futbolchi Jahongir Ergashev tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatildi deb hisoblab, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. To‘pga yaqinlashgan Murod Xolmuhammedov penaltidan aniq foydalandi – 2:1.

Ushbu natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va O‘zbekiston milliy jamoasi uzoq tanaffusdan keyin Toshkentda o‘tkazgan bu yilgi dastlabki o‘yinida penalti evaziga qo‘shnilarimiz ustidan g‘alabaga erishdi.

3 sentabr (payshanba)
O‘zbekiston – Tojikiston - 2:1
Toshkent, «Lokomotiv» stadioni. Tomoshabinsiz. 

 

  • Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov, Jasur Muxtorov.
  • Gollar: Shahzod Ubaydullayev 33, Murod Xolmuhammedov 67 penaltidan - Zoir Jo‘raboyev 48.
  • O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 2.Islom Qobilov, 3.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 4. Husniddin Aliqulov, 10. Abror Ismoilov (5. Akmal Mozgovoy, 75), 13. Sanjar Qodirqulov (8.Nurillo To‘xtasinov, 65), 15.Murod Xolmuhammedov (21.Iskandar Shoyqulov, 85), 17. Shahzod Ubaydullayev (19. Shohruz Norxonov, 65), 18.Lutfulla To‘rayev, 20. Hojimat Erkinov (7.Quvondiq Ro‘ziyev, 65), 22.Oybek Bozorov (23.Farrux Ikromov, 85)
  • Tojikiston: 23. Shohruh Qirg‘izboyev, 4.Xurshed Beknazarov (2.Zoir Jo‘raboyev, 46), 5. Manuchehr Safarov, 7. Komron Tursunov, 9. Alisher Jalilov, 17. Ehsoni Panjshanbe, 19.Ahtam Nazarov, 20.Amirbek Jo‘raboyev, 21.Manuchehr Jalilov (11. Sheriddin Boboyev, 46), 22. Jahongir Ergashev (15.Umarjon Sharipov, 83), 24. Davronjon Ergashev (25. Vahdat Xanonov, 75).
Top