20:30 / 04.09.2020
10110
Reklama

LG PuriCare™ – portativ tozalagichli shaxsiy, toza havo

Foto: LG Electronics

LG Electronics (LG) IFA 2020 ko‘rgazmasida PuriCare™ portativ tozalagichini taqdim etgan holda toza, shaxsiy havo tushunchasiga yangi ma'no olib kirmoqda. Havoni tozalash uchun yechimlar ishlab chiqish sohasida jahon yetakchisi sifatida LG uzoq vaqtlardan buyon sog‘lom va gigiyenik hayot tarzini o‘zida aks ettiradi va bu maqom portativ himoyaning yangi darajasini ta'minlash uchun ko‘chma havo tozalash vositasining mutlaqo o‘zgacha talqinini yaratishga turtki bo‘ldi. Ixchamgina LG PuriCare havo tozalagichi joriy yilning to‘rtinchi choragidan boshlab ma'lum bir bozorlarda sotuvga chiqariladi.

LG PuriCare portativ havo tozalagichi endilikda faqatgina qisqa muddatli foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan niqoblar hamda sifatga mutlaqo javob bermaydigan maskalar bilan bog‘liq muammoni hal etadi. PuriCare ko‘chma havo tozalagichida uy havo tozalagichlarida ishlatiladigan ikkita H13 HEPA filtrlari mavjud.

Havoni tozalash sohasidagi LG kompaniyasining yutuqlari tufayli yuqori samarali almashtiriladigan filtrlar PuriCare'ga ham ichki, ham tashqi tomondan toza va sof havoni yetkazib berishiga yordam beradi. Ikkita ventilyator hamda patentlangan nafas olish datchigi yordamida LG'ning ixcham havo tozalagichi foydalanuvchilarga musaffo filtrlangan havo olishlariga imkon beradi. Bu vaqtda datchik sikl, nafas olish miqdorini aniqlaydi va bunga mos ravishda havoning yutilishiga yordam berish uchun avtomatik tarzda tezlashuvchi hamda nafas chiqarishdagi qarshiliklarni kamaytirish va nafasni yengillashtiruvchi uch karra tezlikda ishlaydigan ikkita ventilyatorni sozlaydi.

Yuz shakllarini keng tahlil qilish asosida yaratilgan ergonomik dizayn yordamida LG PuriCare burun va iyak atrofidagi havo tegishini kamaytirish uchun foydalanuvchi yuziga mahkam o‘rnashadi. Ixcham qurilmaning tuzilishi uni bir necha soat davomida uzluksiz ravishda qulay holatda taqib yurish imkonini beradi. 820 mAch quvvatga ega samarali va yengil akkumulyator past ish rejimida 8 soatgacha, yuqori rejimda esa ikki soat davomida foydalanishga yordam beradi.

Bundan tashqari, LG kompaniyasining havo yetkazib beruvchi innovatsion shaxsiy konditsioner qurilmasi futlyar bilan taqdim etiladi va bu esa o‘z navbatida, ishlatish oralig‘ida gigiyenani saqlashga ko‘mak beradi. Zararli mikroblardan tozalovchi ultrabinafsha-LED chiroqlari bilan jihozlangan mukammal futlyar niqobni zaryadlashi va maksimal ish samaradorligi uchun filtrlarni qachon almashtirish zarurligi haqida LG ThinQ (Android / iOS) mobil ilovalari orqali eslatma yuborishi mumkin. LG PuriCare moslamasining deyarli barcha tarkibiy qismlari – filtrdan tortib quloqchingacha – barini almashtirish va tashlab yuborish mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida munosib ekologik yechim ekanligini anglatadi.

«PuriCare portativ havo tozalagichi – bu sog‘liq va gigiyena borasida sezilarli foyda keltirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarimiz ro‘yxatiga qo‘shimcha bo‘la oladigan hayratlanarli qurilmadir», - deydi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Song Daxyun. «Iste'molchilar o‘z hayotini yanada xavfsiz va qulay qilish uchun imkoniyatlar izlayotgan bir vaqtda  biz ularga katta ahamiyatga ega bo‘lgan yechimlarni taklif qilishimiz juda muhim».

IFA 2020 uchun sentabr oyida LG so‘nggi innovatsiya yangiliklari, jumladan, LG PuriCare ixcham havo tozalagichini o‘z ichiga olgan virtual ko‘rgazmani taqdim etadi.  

Qo‘shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish uchun www.lg.com/exhibition sahifasiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Top