Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Lacetti’ni tegishli hujjatlarsiz boshqargan 18 yoshli yigit ona-bolaning umriga zomin bo‘ldi
YTH fakti asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Foto: IIBB axborot xizmati
2020 yil 4 sentabr kuni taxminan soat 11:00da Shayxontohur tumani Shofayz ko‘chasida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 18 yoshli Bekzod Yu. ikki nafar piyodalarni urib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘liga o‘tib 51 yoshli Ma'rufjon K. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilga borib urilgan.
YTH natijasida piyodalar – 22 yoshli N.M. va uning ikki yoshli qizi N.K. badan shikastlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Avtomobil haydovchilari shifoxonaga yetkazilgan.


YTH fakti asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
13:39
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026